Putinning Makronga bergan vaʼdasi

Putin Makronga Belorussiyadagi mashg‘ulotlardan so‘ng harbiylarni Ukraina chegaralaridan olib chiqib ketishga vaʼda berdi

Kremldagi muzokaralardan xabardor manbalarga ko‘ra, ikki davlat prezidentlari o‘rtasida norasmiy bitim tuzilgan.

Bu kelishuv bandlaridan biri 10-20 fevralga mo‘ljallangan Rossiya-Belarus o‘quv mashg‘ulotlari yakunlangandan so‘ng 30 ming rus qo‘shinining Belarusiyadan olib chiqilishidir. Putin, shuningdek, yangi “harbiy tashabbuslar” ko‘tarmaslikka va Rossiya qo‘shinlarini joylashtirish bo‘yicha muloqot olib borishga vaʼda berdi.

Putin yon berib, sulh istayaptimi? Yoki u yangi reja tuzyaptimi?