KXShT Qozog‘istonda yiliga uch marta mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti 2022 yilda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mashg‘ulotlar Qozog‘iston hududida uch marta, Tojikiston va Qirg‘izistonda bir martadan o‘tkaziladi.

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) 2022 yilda Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deya maʼlum qildi tashkilot Birlashgan shtab boshlig‘i, general-polkovnik Anatoliy Sidorov, deb xabar beradi BelTA.

Mashg‘ulotlar Qozog‘iston hududida uch marta, Tojikiston va Qirg‘izistonda bir martadan o‘tkaziladi.

“Qozog‘iston hududida biz KXSHT qo‘shinlarining (kollektiv kuchlarining) turli tarkibiy qismlarini tayyorlashni birlashtiruvchi qo‘shma va maxsus mashqlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz: “Poisk-2022” razvedka kuchlari va vositalari bilan maxsus mashq; KXSHT qo‘shinlari (kollektiv kuchlari) uchun “Eshelon-2022” moddiy-texnika taʼminoti kuchlari va vositalari bilan maxsus mashq; Markaziy Osiyo mintaqasidagi inqirozli vaziyatni hal qilish maqsadida KXSHT Kollektiv xavfsizlik tizimining kuch va vositalarini qo‘llash bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqish bilan KXSHTning “O‘zaro hamkorlik-2022” Tezkor javob berish kollektiv kuchlari bilan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari kabilar”, – dedi Sidorov.

Tojikiston hududida Markaziy Osiyo mintaqasi jamoaviy tezkor qo‘shinlari bo‘linmalari bilan “Chegara-2022” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan, bunda xalqaro terroristik tashkilotlarga qarshi kurash bo‘yicha KXSHT jamoaviy xavfsizlik tizimining kuch va vositalaridan manfaatlar yo‘lida foydalanishda vazifalar ishlab chiqilmoqda.

“Yakuniy bosqichda Qirg‘iziston hududida KXSHT tinchlikparvar kuchlari bilan “Buzilmas birodarlik – 2022” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan, uning davomida inqiroz zonasida mojarodan keyingi tartibga solish vazifalari ishlab chiqiladi hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash manfaatlari yo‘lida KXSHT kollektiv xavfsizlik tizimining kuch va vositalaridan foydalangan holda tinchlikparvarlik operatsiyasini o‘tkazish orqali”, — deya qo‘shimcha qilgan Sidorov.

“Qo‘shma shtab KXSHTga aʼzo davlatlar mudofaa departamentlari bilan birgalikda mumkin bo‘lgan cheklovlar sharoitida qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etish varianti ustida ishlamoqda”, deb qo‘shimchaq qilingan.

KXSHTga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. Yanvar oyida KXSHT qo‘shinlari Qozog‘istonga olib kelingan va u yerda tinchlikparvarlik missiyasini bajargan. 10 fevral kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin yanvar oyi boshida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarga tayyorgarlik haqida maʼlumot borligini maʼulm qilgan. Shuningdek, u mintaqaning barcha davlatlari mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealardan xavotir bildirganini taʼkidlagan. Rossiya razvedkasi ommaviy tartibsizliklar tayyorlanayotgani haqidagi maʼlumotlarni Qozog‘iston va KXSHTga aʼzo boshqa mamlakatlardagi hamkasblariga yetkazgan, deya qo‘shimcha qildi Narishkin.