Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi respublika va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni maʼqulladi

Hujjat davlat rahbari Toqayevga imzolash uchun yuborildi.

 Shartnoma normalari davlatlar xavfsizligini taʼminlash hamda mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va tahdidlarga qarshi kurashish manfaatlari yo‘lida qo‘shinlardan foydalanishni birgalikda rejalashtirish bo‘yicha harbiy hamkorlikni, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning boshqa sohalarida o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi.

Rossiya Qozog‘istondagi harbiy salohiyatni oshirish bo‘yicha jadallik bilan harkatlarini olib bormoqda.  Kuni kecha KXSHTning yilda 3 marotaba harbiy o‘quvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.