Hindiston fond birjasini yillar davomida Himoloydan kelgan YOG boshqargan

“Himoloylik guru” Hindistonning eng yirik fond birjasi rahbariyatiga taʼsir ko‘rsatgan. Birjaning boshlig‘i yogning moliyaviy va kadrlar bo‘yicha maslahatiga qaram bo‘lgan, deb hisoblashgan xodimlar.

Hindiston Milliy fond birjasining sobiq rahbari Chitra Ramkrishna uzoq vaqt davomida maxfiy maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashgan va Himoloy tog‘laridan kelgan yog bilan maslahatlashib faoliyatini davom ettirgan. Hindiston Qimmatli qog‘ozlar va birjalar kengashi hisobotiga ko‘ra, Ramkrishna yog bilan masalahatlashgan holda moliyaviy va kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilgan. Kengashga fikriga ko‘ra, guru aslida birja rahbari bo‘lgan, sobiq direktor esa shunchaki “qo‘lidagi qo‘g‘irchoq” edi.

Tekshiruv natijasida birjaning sobiq rahbari 30 million rupiy (taxminan 400 ming dollar) jarimaga tortildi.

Hisobotda aytilishicha, Ramkrishna yigirma yil oldin Gang daryosi qirg‘og‘ida o‘zining ruhiy gurusi bilan uchrashgan va o‘shandan beri, uning so‘zlari bilan aytganda, “ko‘p shaxsiy va professional masalalarda maslahat uchun unga qayta-qayta murojaat qilgan”. Birjaning sobiq rahbarining o‘zi ham uning harakatlarini noto‘g‘ri deb hisoblamaydi: yuqori lavozimli rahbarlar ko‘pincha norasmiy maslahat uchun o‘z sohasi bo‘yicha maslahatchilar yoki yirik mutaxassislarga murojaat qilishadi, dedi u. “Men uning rahbariyati biznesni yaxshiroq qilishimga yordam berishiga ishonardim”, dedi Ramkrishna.

Ramkrishnaning guru bilan aloqasi kamida 2014-2016 yillarda davom etgan va Internet orqali amalga oshirilgan. Birjaning sobiq rahbari u bilan nafaqat tashkiliy tuzilma, moliyaviy natijalar, kadrlar siyosati, balki tashqi ko‘rinishini ham muhokama qilib borgan.

Ramkrishna 1992 yilda Hindiston Milliy fond birjasining asoschilaridan biri edi. Ushbu birja Hindistondagi asosiy va derivativlar savdosi bo‘yicha dunyodagi eng yirik hisoblanadi. 2009 yilda joriy hisobot mavzusi birjaning boshqaruvchi direktori etib tayinlandi va 2013 yilda uning tarixidagi birinchi ayol bosh direktor bo‘lgan edi.

U ham bo‘lsa mana shunday ishlar bilan shug‘ullangan.