Pul o‘tkazmalari haqida

Kuzatuvlar, muloqotlar, solishtirishlar, imkonli maʼlumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fevralning dastlabki 9 kuni bilan solishtirganda martning 9 kunida O‘zbekistonga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari hajmi o‘rtacha 2 barobargacha qisqargan.

Xususan, Rossiyadan kelayotgan o‘tkazmalar hajmi 4-5 barobargacha, Qozog‘istondan kelayotgan o‘tkazmalar 40-50%gacha kamaygan. Ukrainadan pul o‘tkazmalari kelishi amalda to‘xtab qolgan.

Ayni vaqtda AQSH, Koreya, Turkiyadan pul o‘tkazmalari sezilarli darajada oshgan. Oxirgi kunlarda O‘zbekistonga kelayotgan pul o‘tkazmalari bo‘yicha AQSHdagi vatandoshlarimiz tomonidan yuborilayotgan o‘tkazmalar soni va hajmi birinchi o‘ringa chiqqan.

O‘zbekistondan xorijga yuborilayotgan pul jo‘natmalari bo‘yicha. Qirg‘iziston, Turkiya va Rossiyaga pul jo‘natmalari ko‘paygan. Bu holat ko‘proq mayda tovar operatsiyalariga, mokkilikning jonlangani va rus rublining qiymati yuqori darajada pasayib borayotgani sharoitida Rossiyadan tovar sotib olish nisbiy arzonligini yuzaga kelayotgani bilan izohlanishi mumkin.

Qaytaraman, mazkur xulosalar mutlaqo subyektiv xarakterga ega va fakt o‘laroq qabul qilinmasligi lozim.