Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, Qozog‘iston mudofaa vazirligi “G‘alaba paradi” bekor qilinganini maʼlum qildi. Jamoatchilik fikriga ko‘ra, “Pulni yana-da oqilona ishlarga sarflash yaxshiroq ekanligi” taʼkidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston to‘rtinchi bor 9 mayda harbiy parad o‘tkazmaslik bo‘yicha qaror qabul qilmoqda.
Bugun Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat poytaxtida 9 may kuni ichki qo‘shinlar, politsiya, chegara qo‘shinlari va harbiy xizmatchilar mamlakat bosh maydoni bo‘ylab yurishni amalga oshiradi biroq, bu kun tantana sifatida alohida nishonlanmaydi.
Turkmaniston hamda Tojikiston davlatlari 9 may bo‘yicha rejalarini eʼlon qilgan.
Bizda hali aniq bir fikrga kelinmadimi? Jamoatchilik bilan hukumat rejalari bir biriga mutanosib bo‘larmikan?
Ha aytgancha, o‘lmas polk aksiyasi o‘tkaziladimi?