Britaniyada yuzlab gektar maydondagi hosillar qolib ketmoqda

Britaniyaning Kent grafligida yuzlab gektar salat maydonlari isrof bo‘ldi. Sabab – ketma-ket ikki yildan beri hosilni yig‘adigan odam yo‘q. Mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining maʼlumotlariga ko‘ra, bu yilgi hosilning 15-20 foizi – 150 tonnaga yaqini nobud bo‘lgan.

“Vrexit”dan oldin hosilni yig‘ishda ishtirok etgan Sharqiy Yevropadan kelgan ishchilar bu yil qaytib kelmagan. Shuning uchun fermerlar mavsumiy ishchilarni ancha uzoqroqdan, yaʼni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan qidirishga majbur bo‘ldi. Mehnat birjalari orqali hosilni yig‘ib olish taklifiga birorta britaniyalik ham javob bermagan.

Mavsumiy ishchilar dasturi qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun qisqa muddatli vizalar taklif qilmoqda. Ushbu dastur sharofati bilan Britaniya ishlab chiqaruvchilari bu yil 30 ming mehnat muhojirini ishga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kerak bo‘lsa, yana 10 ming nafar ishchini ishga olish imkoniyati mavjud. Hukumat qo‘shimcha ishchilarni kiritishga hali rozi bo‘lmayapdi – fermerlar bu muammoni kech bo‘lmasdan tezroq hal qilish kerakligini aytishmoqda.

Buyuk Britaniya hukumati qishloq xo‘jaligidagi mehnat muammosini tan olishini va mavsumiy ishchilar uchun vizalarni 2024 yil oxirigacha uzaytirishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Euronews.