To‘g‘ri so‘ngi 4 yilda eksport hajmi 3-4 barobar kamaygan bo‘lishi mumkin, lekin eksportning kamayishi bilan bilan ichki isteʼmol keskin oshib qolgani yo‘q, chunki ishlab chiqarish yildan yilga qisqarib bormoqda.
“Uztransgaz” raisining so‘zlariga ko‘ra, so‘ngi 4 yilda eksport hajmi 3-4 barobarga kamaygan, chunki ichki isteʼmol oshib borayapti.
To‘g‘ri, eksport hajmi so‘ngi yillarda haqiqatdan ham kamayib borayapti, lekin bu qazib olinayotgan gazning ichki isteʼmolga ko‘proq yo‘naltirilayotganligi bilan emas, balki gaz qazib olish hajmining yildan-yilga kamayib borayotganligi bilan bog‘liq. Xususan, 2018 yilda tabiiy gazni qazib olish hajmi qarib 62 mlrd. m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 48,3 mlrd. m3 i ichki isteʼmolga yo‘naltirilgan(qolgan 13,2 mlrd m3 tabiiy gaz esa eksport qilingan). 2019 yilda esa tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi biroz kamayganligiga qaramasdan, ichki isteʼmol biroz oshib qariyb 50 mlrd. m3 ni tashkil etgan(eksport esa 11 mlrd. m3 ni tashkil etgan).
2020 yilda eksport hajmi 66% ga qisqarib 3,7 mlrd. m3 ni tashkil etgan. Lekin ichki isteʼmol oshmagan, balki 2019 yil bilan taqqoslaganda qariyb 8% ga pasayib 46 mlrd. m3 ni tashkil etgan.
2021 yilda eksport hajmi taxminan 5,6 mlrd. m3 ni (2020 yil bilan taqqoslaganda 1,5 barobar oshgan), ishlab chiqarish hajmi esa 53,8 mlrd m3 ni tashkil etgan. Shundan ichki isteʼmol 48,1 mlrd. m3 ni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, “Uztransgaz” raisining aytganidek, eksport hajmining 3-4 barobar kamayishi ichki isteʼmolning oshishiga xizmat qilgani yo‘q. Eksport hajmining kamyishi shunchaki ishlab chiqarish hajmining qisqarganligi bilan bog‘liq xolos. Ichki isteʼmol esa 2021 yilda 2018 yilgi darajadan ham pastroq bo‘lgan(import bilan qo‘shib hisoblasa biroz yuqori bo‘lishi mumkin).
Xullas so‘ngi yillarda esportning karrasiga kamayganligini ichki isteʼmolni qondirishga urinishdan ko‘ra, ko‘proq ilojsizlik deb atash to‘g‘riroqdek, zero ishlab chiqarish hajmi oshishni boshlasa, eksport ham yana yuqori suratlarda o‘sishni boshlaydi.