O‘zbek Monopolistlari, Oligarxlari, Deputat va Lobbistlari haqida (1-qism)

Iqtisodchi Otabek Bakirov:

Monopolist va oligarxlarning do‘sti bo‘lgan o‘zbek chinovniklariga kerak bo‘lganida 4 soatda byudjetni tasdiqlashadi, xalqqa oid masala bo‘lsa 4 yil ham yetmaydi

Sevimli monopolistlarga subsidiya ajratish, oligarx do‘stlarga buyurtmalarni kafolatlash va umuman mafkurasi yo‘q, lekin o‘zlashtirishga asoslangan Byudjetni bir ovozdan tasdiqlash bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatib, og‘alari Rossiya dumasining natijalarini ham bir tupurib ortda qoldirishganidan xabaringiz bor.

Lekin xalqqa oid nimadir yengillikni ko‘zda tutadigan takliflar yo topshiriqlar ijrosi yillab kutiladi.

Mana masalan, isteʼmol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilish to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilinganiga to‘rt yil ikki oydan oshdi.

Bu haqdagi Hukumat qarorida ijro uchun aniq muddat belgilanganiga 2,5 yildan oshdi.

Jamoatchilikning qayta va qayta eslatishlaridan keyin tegishli qonun loyihasi tayyorlanganiga yaqinda 4 oy bo‘ladi.

Isteʼmol krediti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar PARAlamentda muhokamaga kiritilganiga yaqinda bir oy bo‘ladi. Aytgandek, loyiha 4 soatda tasdiqlangan byudjetdan avvalroq kiritilgan.

Sizda savol tug‘ilishi mumkin:

Nimaga Prezident farmoni, hukumat qarori va jamoatchilik maʼqullagan loyiha bo‘la turib shu uchta so‘zni almashtirish bilan bog‘liq qonun taqa taq to‘xtab turipti. 4 yildan beri yana?

Chunki bu qonun qabul qilinsa, parazit monopolistlar va mahalliylashtirish shiori bilan xalqni talayotgan oligarx o‘g‘rilarning noni yarimta bo‘ladi. Bu qonun qabul qilinsa, oddiy xalq kredit hisobiga xorijda ishlab chiqarilgan yoki fuqarolar ixtiyorida bo‘lgan tovarlarni komissionersiz sotib olaveradi. Foizlar va komissiyalar arzonlashadi. asosiysi xalqda tanlov bo‘ladi. Lekin bunga yo‘l qo‘yib bo‘ladimi?

Axir Yangi O‘zbekistonda eng avval monopolist va oligarx o‘g‘rilar manfaatlari ustuvorku!. Ulardan qandaydir mayda chuyda qolsagina, keyin qora xalqqa uvoqlar uloqtiriladi.

To‘g‘risi, hozir ham nimadir o‘zgarish bo‘lishiga ishonmayman. Yo loyiha xalq nomidan vakillik qila oladigan bitta deputat qolgan qonunchilik palatasida qotib qoladi, yoki hech kim saylamagan uyquchi senatorlar tarafidan orqaga qaytariladi.

Mavzu bo‘yicha avvalgi postlar:

Birinchisi.

Ikkinchisi.

Uchinchisi.

To‘rtinchisi.

Beshinchisi.