Amudaryo suv taqsimlash tashkiloti Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston mamlakatlarining 2022 yili Amudaryo suvidan foydalanish taqsimoti hisobotini taqdim etdi (hisobotga Afg‘oniston kiritilmagan).
Uch mamlakat yiliga jami umumiy 44.2 mlrd. kub metr suvdan foydalangan. Suv olishning katta ulushi Turkmanistonga to‘g‘ri kelgan.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, Turkmanistonda uchta mamlakat bo‘yicha eng kam aholi istiqomat qiladi, drenaj tizimi va kanal maydonlari hajmi ham qo‘shni davlatlardan kichik. Ammo, mahalliy daryo va soylar suvi yozda tez-tez qurib qolishi oqibatida Amudaryo turkmanlar suv ehtiyojining 90% ini qoplaydi.

Turkmanistonning Amudaryodan suv olishning oylar kesimidagi ko‘rish mumkinki, 2022 yil fevral oyini hisobga olmaganda, boshqa barcha oylarda qo‘shnilarimiz Amudaryo suvining 40% dan ko‘pidan foydalangan.
Shunday qilib, o‘tgan yili Turkmaniston Amudaryo suvining 18.5 mlrd. kub metrini ishlatgan. 1992 yildagi kelishuvga ko‘ra, turkmanlar yil davomida Amudaryo suvining 22 mlrd kub metrdan ortiq hajmda foydalanmasligi kerak. Joriy yil ham kelishuvlar shunday imzolangan.
Ammo, oxirgi yillar iqlim o‘zgarishi, tog‘larda qor zaxirasining kamayishi, yuqoridagi (tog‘dan) daryo o‘zanining “bo‘g‘ilishi” oqibatida uch mamlakat ham o‘tgan asrdagi kabi shakllangan suv oqimini ko‘rishmayapti. Suvga bo‘lgan ehtiyoj yildan yilga ortmoqda, ammo Amudaryo yillik oqimi kamaymoqda.