2026 yilga borib o‘qotar qurollar global bozori hajmi 9,6 milliard dollarga yetadi. Bu haqda “Dunyo bo‘yicha o‘qotar qurol sanoati” hisobotida keltirilgan.
Joriy yilda bozor 8,2 milliard dollarga baholangan edi. Bu esa, o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 2,6 foizni tashkil etishini bildiradi.
AQSHning o‘qotar qurollar bozori 3,7 milliard dollar bo‘lib, Xitoy 2026 yilga borib o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 3,5 foizni tashkil etgan holda bozor hajmini 987,4 million dollarga yetkazishi prognoz qilinmoqda.