Davlat xizmatchilaridan tadbirlar uchun mablag‘ undirilmoqda

Turkmanobodda neytralitet (betaraflik) kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlari uchun davlat xizmatchilaridan 90 manatda (280ming so‘m) mablag‘ yig‘ilmoqda.

Turkmanoboddagi davlat muassasalari xodimlaridan kelayotgan bayramlar uchun 90 manatdan undirildi, deb xabar bermoqda Turkmaniston xronikasi muxbirlari.

Betaraflik kuni (12 dekabr) sharafiga bayram tadbirlarini tashkil etishga 60 manat sarflanadi. Ular Kasaba uyushmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Davlat xizmatchilaridan davlatning tinch va farovon hayoti uchun minnatdorchilik sifatida ixtiyoriy xayriya topshirganliklari haqida tilxat yozib berishganligi aytilmoqda.

Doimgidek, pulni maktab o‘qituvchilari, shuningdek, Turkmanobodning “Lebapgazchiqarish” maʼmuriyati, oqova suv tozalash zavodi, avtomobil taʼmirlash korxonasi va boshqa tashkilot muassasalari xodimlari xayriya qilishgan.