Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.
Rospotrebnadzor mutaxassislari uchinchi xavfsizlik sinfiga ega biologik laboratoriyani ishlab chiqishi to‘g‘risida maʼlum qilindi.
U O‘zbekistonda vaksinalar, jumladan, koronavirusga qarshi vaksinalarni yaratish va ishlab chiqarish loyihasining bir qismi bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 53 million dollarni tashkil etadi.
Noyabr oyi oxirida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova O‘zbekistonga kelgan edi.
AQShning Markaziy Osiyodagi biolaboratoriyalari haqida bu yerda batafsil to‘xtalib o‘tgan edik.