«Toshkent yoshlarni sevadi» shiori ostida poytaxtimizda o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida joriy yilning 14–17 dekabr kunlari “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” bo‘lib o‘tdi.

Unda MyTaxi va Exspress24 asoschisi – Akmal Payziyev, “Arzon Apteka”, “Nestle” kompaniyasining sobiq piar-menejeri – Nigora Akilova, PDP IT -Akademy asoschisi – Odilbek Mirzayev, IDP IELTS va yana bir qator loyihalar asoschisi – Umidjon Ishmuhammedov, “Kompas Consulting” asoschisi – Ulug‘bek Xojiahmedov, Marketolog, Chortoq mineral suv marketing bo‘limi boshlig‘i – Habibullo Sadulloyev, “Yuksalish” liderlar akademiyasi loyihasi asoschisi – Muhammadali Eshonqulov, Moliya.uz va “Grovth Academy” asoschilaridan – Shohida Ibragimova, SAP kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori – Laziz Adhamov, Dekos va Deli kabi brendlar asoschilari Hasan Mamasaidov hamda Husan Mamasaidovlar ishtirok etishdi.