“Omikron” kamida 89 mamlakatda aniqlangan

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, COVID-19ning “omikron” varianti 89 mamlakatda topilgan va emlash darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda tez tarqalmoqda.

Biroq, bu “omikron”ning immun tizimini chetlab o‘tish qobiliyatiga ega yoki uning yuqimlilik darajasi yuqori bo‘lgani bilan bog‘liqmi hali aniq emas.

Shu bilan birga, JSST vaksinalarning “omikron”ga nisbatan samaradorligi hamda yangi shtamm keltirib chiqaradigan kasallikning qanday kechishi to‘g‘risida aniq maʼlumotlarga ega emas.

❗️ Qayd etilishicha, “omikron” “delta” variantiga qaraganda ancha tez tarqaladi. Har 1,5-3 kunda “omikron” holatlari ikki barobar ortadi, emlanganlar orasida esa kasallik yengil kechadi.

Koronavirus bilan kasallanishning keskin o‘sishi tufayli Niderlandiyada yana qatʼiy lokdaun joriy etildi, Londonda esa favqulodda holat rejimi eʼlon qilindi.