“Belarus yadroviy qurolga ega bo‘lishga tayyor”

Vladimir Makey RT Arab telekanaliga bergan intervyusida NATO tahdidi yuzaga kelgan taqdirda Belarus yadroviy qurolga ega bo‘lishga tayyorligini aytdi. TIV rahbari NATO Belarus chegaralariga yaqinlashganini, alyansning harbiy faolligi va harbiy mashg‘ulotlar soni sezilarli darajada oshganini qayd etdi.

Shu bilan birga, Makey Belarus bu yadro qurolini qayerdan olishini maʼlum qilmadi. Balki, bu qurolni Rossiya Minskka berishini anglatar, biroq, Rossiya rahbariyati bu haqda hech qanday pozitsiyani ko‘rsatmadi.

Belarusning yadroviy davlat maqomi Rossiya uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Birinchidan, Belarus Respublikasida hokimiyati egallab olinishi mumkin, keyin qurol ochiq dushmanlar qo‘liga o‘tadi. Ikkinchidan, hozirda Rossiya gazining Rossiya quvuri orqali tranzitini to‘sib qo‘yish imkoniyatidan ikkilanmayotgan Lukashenkoga ishonch yo‘q.

Belorussiyada yadroviy qurolni joylashtirish faqat Ittifoq davlati to‘g‘risidagi shartnoma amalga oshirilgan taqdirdagina haqiqatga aylanishi mumkin. Yaʼni, Rossiya-Belarus integratsiyasi chuqur va qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi. Hozircha tomonlar bunga kelishmagan.