Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida otishma bo‘ldi

◾️Qirg‘iziston tomon bergan xabarga ko‘ra, Kocho-Boyu qishlog‘ida tojik chegarachilari qirg‘iz ishchilaridan qurilish ishlarini to‘xtatishni talab qilgan.

Natijada og‘zaki o‘zaro to‘qnashuv sodir bo‘lib, u mushtlashuvga aylangan. To‘qnashuv vaqtida tojik chegarachisi to‘pponchadan havoga bir necha marta o‘q uzgan.

◾️Tojikiston tomon maʼlumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tinch aholiga qarata o‘t ochgan, bunga javoban tojik armiyasining harbiy xizmatchilari ular tomon bir necha marta o‘q uzgan.

Hozir qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat tinch. Ikkala tomon ham voqeani tekshirishga kelishib oldi.

Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari yozda chegaradagi hodisalarning oldini olish maqsadida chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish ishlarini boshlashga kelishib olgan edilar.

Yaqinda Qirg‘iziston Turkiyaning Bayraktar zarba beruvchi dronlarini sotib olganini maʼlum qilgan edi. Tojikiston esa Rossiya tomonidan qurollari yangilanayotganini har oy maʼlum qilib bormoqda.

Qo‘shnilarimiz tinch bo‘lsin!