Rossiyaning Afrikadagi manfaatlari: minerallar va qurol sotish

Roskosmos davlat kompaniyasi 2021 yil 1 noyabrda Zimbabve bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu voqea juda ko‘plab savollarga sabab bo‘ldi. Vaziyatga kengroq qaralganda, Zimbabveni koinot ambitsiyalari bor davlat deyish qiyin albatta! Unday bo‘lsa Roskosmosni nima jalb qildi?

Memorandumning bandlaridan birida Yerni birgalikda kosmik zondlash bor. Boshqacha aytganda, sunʼiy yo‘ldosh razvedkasi. U sanoatning turli sohalarida, geologik o‘rganish va foydali qazilmalarni qidirishda, meteorologik monitoring, geolokatsiya, harbiy razvedka va hokazolarda qo‘llaniladi.

Zimbabve Afrika mamlakatlari orasida tog‘-kon sanoatida yetakchi ekanligini hisobga olsak, sunʼiy yo‘ldosh razvedkasining ushbu sohadagi ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin. Bu mamlakat platina konlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Ularning 50 foizi esa Rostes davlat korporatsiyasi, Vneshekonombank va biznesmen Vitaliy Mashitskiyning Ви Ҳолдинг guruhini o‘z ichiga olgan Rossiya konsorsiumiga tegishli.

Zimbabve, shuningdek, kvadrat kilometrga oltin miqdori bo‘yicha dunyodagi eng boy davlatdir. Shunga qaramay, konlarni o‘zlashtirish sust olib borilmoqda, ko‘plab sohalar umuman o‘zlashtirilmagan. Bu yerda rus kosmik texnologiyalari yordam beradi. Oltin qazib oluvchi kompaniyalar hamkorlik qiladi va bularning barchasi Rossiya qo‘lida bo‘ladi.

Va bu faqat bitta mamlakat. Rossiya Federatsiyasi butun qitʼaga daʼvolik qiladi. Uning maqsadlari uchun Afrikadagi Rossiya uchun strategik manfaatdor bo‘lgan deyarli barcha mamlakatlar bilan bunday shartnomalarni imzolash.

Hozirdanoq Rossiya kompaniyalari Efiopiya, Ekvatorial Gvineya, Marokash va Janubiy Sudanda energetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

Bundan tashqari Afrika qitʼasiga Turkiyaning ham katta qiziqish bildirayotgani Erado‘g‘onning qitʼaga serqatnov bo‘lib qolgani haqida turkum materiallar eʼlon qilgan edik!