O‘zbekiston aholi sonining o‘sishi bo‘yicha MDH hududida ikkinchi o‘rinda turadi

Jahon banki maʼlumotlariga ko‘ra, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyingi 30 yil ichida O‘zbekistonda aholi sonining o‘sishi 63,4 foizni tashkil etgan.

Aholisi 76,6 foizga o‘sgan Tojikistongina orta qolmoqda.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham aholi sonining o‘sishi kuzatilmoqda. Turkmanistonda bu ko‘rsatkich 59,2 foiz, Qirg‘izistonda 47,7 foiz, Qozog‘istonda 14 foizni tashkil etadi.

Biroq aholi sonining muntazam kamayib borayotgan davlatlar ham bor bular:Rossiya 2,9 foizga, Belarusiya 7,8 foizga, yana-da ko‘proq yo‘qotish Moldova 12 foiz, Estoniya – 14,7 foiz, Armaniston – 15,5 foiz, Ukraina – 20 foiziga to‘g‘ri kelmoqda.

SSSR parchalanishidan oldin mamlakat aholisi 288,14 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozir barcha mamlakatlar aholisining umumiy soni 295,67 million kishini tashkil etadi.