2021 yilda politsiya harakati oqibatida halok bo‘lganlar soni 1055 kishiga yetgan bo‘lsa, 2020 yilda bu raqam 1021 nafarni, 2019 yilda esa 999 nafarni tashkil etgan, deya xabar beradi Washington Post.
Nashr xabariga ko‘ra, so‘nggi 7 yil ichida politsiya o‘qlaridan halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda.
Vashington Post statistik maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilda politsiya zo‘ravonligida halok bo‘lganlarning 94 foizi erkaklar bo‘lib, voqea sodir bo‘lgan paytda halok bo‘lganlarning 85 foizi qurollangan.
So‘nggi 7 yil ichida amerikalik politsiyachilar 10 yoshgacha bo‘lgan uchta bolani otib o‘ldirgan va 2021 yilda o‘lgan 1055 kishining taxminan 1 foizi bolalardir.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Minnesota shtatida politsiya zobitining xatti-harakatlari natijasida afro-amerikalik Jorj Floyd halok bo‘lgach, butun mamlakat bo‘ylab politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar boshlangan edi. O‘shandan beri rasmiylar 400 dan ortiq qonun loyihasini taklif qildi, jumladan, politsiyani tayyorlash va kuch ishlatishni cheklash kabi.