Tixanovskaya: “Lukashenko o‘zining suverenitet kafolati va mustaqilligimiz himoyachisi sifatidagi imijini yo‘q qildi”

Bugun Svetlana Tixanovskaya ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon efirida harbiy tahdid, Lukashenkoning qiyofasi va Belarusdagi vaziyat haqida gapirdi.

“Lukashenko kuchli yetakchi imijini yo‘qotmoqda. Hatto uning tarafdorlari ham uning qiyin vaziyatga tushib qolganini, doimo Kremlga bo‘ysunishga majbur bo‘lganini ko‘rishmoqda.

Bularning barchasini u xalqi uchun emas, balki faqat hokimiyatda qolish uchun amalga oshirmoqda.

Endi u tom maʼnoda mamlakatimiz hududini xorij armiyasiga ijaraga berib bormoqda. Bu uning 2020 yilda olgan va uni ushlab turishiga yordam bergan harbiy yordami uchun to‘lovidir.

Lukashenko o‘zining suverenitet kafolati va mustaqilligimiz himoyachisi sifatidagi imijini yo‘q qildi”, – dedi Svetlana.