“Muammolar: savdo faoliyatini amalga oshirishning umumiy tartibiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilmaslik …, savdoning yashirin aylanmasi”, deyiladi Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi taqdimotida.
Biroq, bozorning faoliyati to‘liq to‘xtashi haqida gap yo‘q. (boshqa shaxsga o‘tkazish uchun shunchaki faoliyat to‘xtalib turiladi. Bunda yo‘l tutilishi hech o‘zgarmasa kerak)
▪️Prezident Toqayev 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida Olmaotadagi “Oltin O‘rda” ulgurji bozorida tartibni tiklash bo‘yicha topshiriq bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 million aholisi bo‘lgan viloyatning oziq-ovqat taʼminoti bog‘liq bo‘lgan bozor o‘z manfaatini ko‘zlovchilarning “xo‘ragi”ga aylangan.
Bozorda 4,5 mingdan ziyod ijarachilar ishlaydi, har kuni xaridorlar oqimi 15 ming kishiga yetadi. Uning egasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti ukasi Bolat Nazarboyevdir.
Hozirda Qozog‘istonda Elboshining o‘zi bilan bog‘liq jarayonlar tugab uning atrofidagilar bilan bog‘liq bizneslar va faoliyatlar tizimli olib qo‘yilishi avjiga chiqmoqda kuzatamiz…