Elboshining vakolatlari tugatildi

Tirikligida o‘rnatilgan haykallarni hali o‘lmasidan oldin olib tashlanishiga guvoh bo‘lishdan og‘ir yana qanday sinov bor? Bu so‘zsiz o‘zi yoki maddohlardan tashkil topgan atrofdagi insonlar o‘ylab topgan, lekin xalq sizni shunday nomlaydi degan unvondan mahrum bo‘lish bo‘lsa kerak.

Bugundan boshlab Qozog‘iston SK kompartiyasining 1chi kotibi, keyinchalik 1chi prezidenti, “Elboshi” Nursulton Nazarboyevning hayoti va mulki daxlsiz emas.

Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim jo‘mart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasining qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Tokayev Qozog‘iston parlamentining avvalgi qarorini maʼqullagan Konstitutsiyaviy sud qarorini tasdiqladi, xolos. Shunga qaramay, bu voqea postsovet avtoritarizmlari/totalitarizmlari tarixida juda muhim ahamiyatga ega.

Nazarboyev barcha imtiyozlardan, millat yetakchisi maqomidan, shuningdek, maxsus yordamga, xususan, xodimlarga ega ofis va maxsus xavfsizlik xizmatiga ega bo‘lmaydi. Lekin, alohida uy, yozgi dacha, haydovchisi qoldiriladi.

Bu hammasi emas. Sobiq prezidentning faoliyatidagi yakuniy chiziq, Qozog‘istonda 2022 yil yanvarida sodir bo‘lgan qonli davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha sud jarayoni hali tugamagan. Nazarboyevning bu qozoq dramasiga qanchalik aloqadorligi va unga nisbatan qanday hukm chiqarishi mumkinligi hozircha aniq emas.

Bevaqt o‘lim ham foydali

Markaziy Osiyodagi bir qator “xalqlar otasi” –sobiq elboshi kabi o‘z martabalarining ayanchli yakunini ko‘rmadilar. Lekin, Tojikiston, Belarus va Rossiyada bu vaziyat takrorlanishi mumkin.

Jarayon boshlandi. Qo‘ng‘iroq balandroq jiringlayapti.