Rossiyadan so‘ng navbat Belarusga yetdi

Belarusiyada SWIFT-ni o‘chirib qo‘yish navbati.

Yevropa Ittifoqining doimiy vakillari “Rossiya oligarxlari va ularning oilalari”ga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga, shuningdek, Belarusning uchta bankini SWIFT-dan uzib qo‘yishga kelishdi.

Bundan tashqari, yangi sanksiyalar paketi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga harbiy texnika va dasturiy taʼminot eksportini taqiqlaydi va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun kriptovalyutalardan foydalanmaslik bo‘yicha ham alohida tavsiyalar tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.