SWIFT tizimi mavjud bo‘lmasligi mumkin

Bu haqda Mastercard ijrochi direktori Mixail Maybax (Michael Miebach) Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Iqtisodiy Forumi sammiti doirasida jurnalistlarning transchegaraviy to‘lovlarga imkon beruvchi banklalaro xabarlashuv tizimi SWIFT 5 yildan keyin mavjud bo‘ladimi degan savoligi “yo‘q” deb javob berdi.

Boshqa bir guruh mutaxassislar SWIFT tizimi vaqt o‘tishi bilan o‘z dominantligini yo‘qotishi mumkinligini, biroq bu 5 yilda bo‘ladigan ish emasligini taʼkidlab o‘tishgan.

Maʼlumot o‘rnida SWIFT tizimi 1973 yilda asos solingan bo‘lib shtab kvartirasi Belgiyada joylashgan va hozirda 200 dan ortiq davlatlarning 11000 dan ortiq moliyaviy muassasalarni bir-biriga bog‘lagan bo‘lib, kuniga o‘rtacha 42 million xabar almashinuvini taʼminlaydi.   Bugunga kelib ushbu tizimdan siyosiy maqsadlarda foydalanish vositasiga aylantirilgani sababli unga muqobil tizimlar yaratishga bo‘lgan qiziqish ortgan.