Pokiston Bosh vaziri Imron Xon isteʼfoga chiqishi mumkin

Qayd etilishicha, bir haftadan so‘ng unga mamlakat parlamenti yig‘ilishida ishonchsizlik votumi eʼlon qilinishi mumkin.

Aytishlaricha, Imron Xonni bosh vazirligidan mahrum qilish uchun muxolifat qo‘shimcha 10 (o‘n) nafar deputat ovozini to‘plashi kerak.

Bu esa muammo emasligi taʼkidlanmoqda. Bir qator ekspertlar Imron Xonning isteʼfoga chiqish ehtimoli “juda yuqori” deb hisoblamoqda.

Avvalroq, joriy yilning 3-4 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashib, unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, turizm, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek, Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi qadamlar to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzolagan.

Hukumatlar va idoralar o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida, atrof-muhitni asrash, ziyorat turizmi, temir yo‘l sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar, Surxondaryo viloyati bilan Xayber-Paxtunxva provinsiyasi, Toshkent shahri bilan Islomobod shahri o‘rtasida shartnomalar kabi 10 ga yaqin hujjat imzolangan edi.

Endi nima bo‘ladi?