Pokiston hududidan Kunar viloyatiga uchta raketa uchirilganligi aytilmoqda. Boshqa versiyaga ko‘ra, raketa uchirilishi drondan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Tolibon hukumati matbuot kotibi Bilol Karimiy, “Pokiston mintaqaga raketa uchirgani va raketa toqqa tekkanini” tasdiqladi.
Kunardagi mahalliy Tolibon, aksincha, dron hujumlari bo‘lganini aytmoqda.
Raketa zarbalari Pokiston Tolibon yetakchisi o‘rinbosari Maulaviy Fakir Muhammadni nishonga olgani taxmin qilinmoqda.
Hozircha Pokiston rasmiylari voqea yuzasidan izoh bermadi.