Rossiya BMTdan rad javobini oldi

 Uni faqat Xitoy maʼqulladi.

 BMT Xavfsizlik kengashi kecha, 23 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Rossiya va Xitoy loyihani yoqlab, ovoz berdi, Xavfsizlik Kengashining birorta aʼzosi qarshi ovoz bermadi, Kengashning boshqa 13 aʼzosi (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika, Norvegiya, Albaniya, Braziliya, Gabon, Gana, BAA) betaraf qolgani aytilmoqda.

Rezolyutsiya qabul qilinishi uchun BMT Xavfsizlik Kengashining 15 aʼzosidan kamida to‘qqiz aʼzosi (beshta doimiy va o‘nta doimiy bo‘lmagan aʼzo) tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Shunda ham doimiy aʼzolardan biri veto huquqidan foydalanishi mumkin.

Ukrainadagi gumanitar vaziyat bo‘yicha rezolyutsiya Fransiya va Meksika o‘z versiyasi bo‘yicha kelishishdan bosh tortib, ko‘rib chiqish BMT Bosh Assambleyasiga uchun taqdim etganidan keyin Rossiya tomonidan tayyorlangandi. Rossiya loyihasining hammualliflari Belarus, Shimoliy Koreya va Suriya edi.