BMT Bosh kotibi Xavfsizlik Kengashi qiyinchiliklarga javob bera olmasligini tan oldi

“Dunyo mavjud global muammolarga ko‘p tomonlama yondashuvga muhtoj. Ammo qiyinchilik shundaki, bizda mavjud institutlar, aslida, salmoqli kuchga ega emas. Agar ulardan birortasida Xavfsizlik Kengashi singari “kuchlar”ga ega bo‘lganida edi. Biroq ular ham  bu “kuchlar”dan foydalanmoqchi emas. Bizga birgalikda ishlaydigan ko‘p tomonlama institutlar hamkorligi kerak, chunki zamonaviy dunyoda hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Bundan tashqari, bu hamkorlik, agar kerak bo‘lsa, global muammolarni hal qilish uchun butun xalqaro hamjamiyatni safarbar qilish uchun yetarli vakolatlarga ega bo‘lishi kerak”,-dedi  BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.