9 may kuni Ukrainadagi g‘alaba ham nishonlanadimi?

Putin 9 maygacha butun Ukraina sharqini egallab olmoqchi, deb yozmoqda CNN. Bu haqda AQSH razvedkasining so‘nggi hisob-kitoblari bilan tanish bo‘lgan bir necha AQSH rasmiylari aytgan.  

Ularning fikriga ko‘ra, Putin bayram kuni hech bo‘lmaganda o‘z urushidagi biror bir g‘alabani nishonlashni istaydi.

Biroq, AQSH va Yevropa rasmiylari taʼkidlayotgandek, Moskva o‘zi belgilagan har qanday vaqt haqiqatni o‘zgartirmaydi. Nashrda “Aslida, Rossiya uzoq davom etadigan mojaroga tayyorlanayotganga o‘xshaydi”, deya iqtibos keltirilgan.