Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi missiyasining xulosasi

Shu yuzasidan baʼzi bir maʼlumotlarni keltirib o‘tamiz:

O‘zbekiston pandemiyada davridan o‘tishi borasida:

Rezervlar miqdorining yetarliligi va oltin narxining oshishi hukumatga pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirlarin yumshatishga va barqarorlikni saqlash imkonini berdi. 2020 yil oxirlaridan boshlangan iqtisodiy faollik natijasida 2021 yil davomida iqtisodiyotning o‘sishi 7,4% ga yetdi. Jahon bozorida oziq-ovqat va tovar xomashyo narxlarining oshishi inflyatsiya ortishiga sabab bo‘lib, o‘z vaqtida zarur pul-kredit siyosati amalga oshirilishi natijasida 2021 yil oxiriga kelib inlfyatsiya 10%ni tashkil qildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga taʼsir qiluvchi omillar borasida:

Bugungi kunda Ukrainadagi urush va Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar noaniqliklr yaratib, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga o‘z salbiy taʼsirini ko‘rsatadi. Ushbu tebranishlar va noaniqliklar maʼlum muddatgacha saqlanib turadi.

Yuzaga kelgan noxush omillar hisobiga O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 3-4 %ga sekinlashadi. Bunga tashqi savdo qisqarishi, pul o‘tkazmalri kamayishi natijasida isteʼmol va investitsiya qisqarishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekistonga asosiy savdo hamkorlari bo‘lmish Xitoy, Turkiya va Qozog‘iston kabi davlatlar iqtisodiy o‘sishi sekinlashuvi ham o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatishi mumkin.

Banklar moliyaviy xolatini diqqat bilan kuzatishda davom etish lozim:

O‘zbek banklari sanksiyaga tushgan Rossiya banklari bilan yuqori bog‘liklikda bo‘lmasada savdo hajmining va pul o‘tkazmalarining kamayishi muammoli kreditlarni yuzaga keltirish risklari mavjud. Kredit portfeli valyuta risklariga nisbatan yuqori taʼsirchanligini ko‘rsatmoqda va shu sababli ham eng yuqori risklar davlat banklariga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank banklar likvidligi va kapitali xolatini, shu jumladan, yangilangan stress-testlar orqali yaqindan kuzatib borishda davom etishi va zarur hollarda ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishi lozim.

XVJ tomonidan davlat xarajatlari samaradorligini oshirish, iqtisodiyotda davlat aralashuvini kamaytirish, energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.