Ilon Mask O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkin

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov “SpaceX” kompaniyasi vakili Ben Mac Villiams bilan uchrashuv o‘tkazibdi.

“SpaceX” vakili kompaniya O‘zbekistonda ham yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

O‘z o‘rnida AKT vazirligi kompaniya vakiliga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini bergan.

Maʼlumot uchun: Ilon Mask asos solgan “SpaceX” kompaniyasi kosmik texnikalar ishlab chiqarish bilan birga dunyo aholisini yuqori tezlikdagi sunʼiy yo‘ldoshli internet bilan taʼminlashga qaratilgan “Starlink” dasturini amalga oshirmoqda.

2022 yilga ko‘ra “SpaceX” dunyo bo‘yicha yirik sunʼiy yo‘ldoshli operator hisoblanadi.

Ochiqlik va raqamlashtirish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston ushbu kompaniya bilan hamkorlikda uning imkoniyatlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanishi kerak. Turli siyosiy bo‘xron va shovqinlardan tiyilib, sog‘lom aql bilan yondoshsa bundan foyda ko‘rish mumkin xolos. Faqat buni kasal boshlar tushunsa bo‘ldi.