Bugun Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishish marosimidagi nutqi va Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tabrigida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati borasida ilgari surilgan fikrlari, bu borada belgilangan eng ustuvor yo‘nalishlar yana bir bor ko‘rib chiqilgan.
Partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishgan.
Yig‘ilishda Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini bugungi real voqelikka moslashtirish kerakligi taʼkidlangan.
Bu taklif nafaqat O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida balki, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham maqsad, vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohangligidan kelib chiqib, ushbu masalani mazkur fraksiyalarning qo‘shma yig‘ilishida muhokamaga qo‘yilishi tashabbusi ilgari surilgan.
Bundan nimani anglash kerak?!
Prezidentlik muddatining 5 yildan 4 yillikka tushirilishi yoki 6 yillikka uzaytirilishi (ikki muddatga saylanadigan qilib) kabi bandlar kiritiladimi?
Maʼlumki, Konstitutsiyaga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish uchun xalq referendumi o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha siyosiy o‘zgarishlar uchun yangidan “yo‘l ochiladi”.
Demak…