Pul yig‘ishlarda ayb kimda, maktab yoki vazirlik?

Har yili byudjetdan trilionlab mablag‘ ajratiladigan Xalq taʼlim vazirligi maktablarda o‘quv yili yakunlarida bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yoki bino taʼmiri uchun pul yig‘ishlar taqiqlanganligi haqida bong urmoqda (oldin ruxsat berilganmidi?).

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari, bosqichli nazorat imtihonlari ва yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, taʼlim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi ва bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlari qatʼiyan taqiqlanadi”, deya chaqiriqlarga qaramay obunachilarimiz tomonidan Тoshkent shahrida aksariyat maktablarda pul yig‘ish holatlari kuzatilayotgani taʼkidlanmoqda.

Sabab nimada?

Aytilishicha, ayrim maktablarni taʼmirlash uchun vazirlik tomonidan mablag‘ ajratilmaydi, yangi o‘quv yiliga kelganda tekshiruvlar boshlanib, maktabda sinf xonalari taʼmirlanmaganligiga direktor javobgar qilinadi. Eplasa (bu yerda o‘zi kimlarnidir homiy qilib maktabni orasta qilishi taʼmirlatishi nazarda tutilmoqda) rahbarlik qilishi uqtirilib agar baquvvat homiyga ega bo‘lmasa 1 kunda ishdan olinib o‘rniga boshqasini yollanishi tushuntiriladi (isbot so‘ralsa juda ko‘p topiladi qaysi maktab qanday tarzda bo‘shatilgan maktab direktorlarining o‘zlari yozma ravishda maʼlumot berishlari mumkin).

Тoshkent shahridagi maktablarda ayniqsa, nomi chiqqan maktab bo‘lsa, farzandini boshlang‘ich sinfga berayotganda ota-onalarga “o‘z ixtiyori” билан yaxshigina mablag‘ homiylik ko‘rsatilishi so‘raladi (baʼzida bu pul mablag‘i sifatida tarif o‘rnatilib qo‘yilgan bo‘ladi). Bitiruvchilar ham chetda qolib ketmaydi, bunday vaqtlarda ular ham o‘zlaridan esdalik bo‘lib qolishi uchun sinf xonasini orasta qilib, taʼmirlatib topshirishi shart! (sovg‘a salomlar haqida aytmadim!).

Maktabku taʼlim oldilar, nimadur qoldirib ketishlari kerak deganlar ham bo‘ladi. To‘g‘ri, maktabga qilsak qilibmizda! Biroq, byudjetdan falon pul ajratildi. Mana bunday maktablar bor eplab qilishganku, deb “o‘rnak” qilayotganda yoki jamoatchilikka maʼlumot berayotganda qancha ishlar ota-onalarni himmati evaziga qilinayotganini ham oshkor qilishni talab qilaman!

Men davlatimizga xizmat qilayotgan (bu yerda davlat tashkilotida ishlayotganimni nazarda tutayapman) ona sifatida ham иш haqqimdan soliq to‘lab ham yana ixtiyoriy-majburiy ravishda maktab учун homiylik qilayotganim учун talab qilishga haqqim bor, deb o‘ylayman!

Bu masalaga atroflicha jamoatchilikka maʼlumot berilishi kerak, deb o‘ylayman!

Savol. Ayb kimda, taʼqiqlarga qaramay pul yig‘ayotgan maktab jamoasidami yoki muammoga yechim bermay quruq “taʼqiq” qo‘yish билан chetga chiqib olayotgan Vazirlikdami?

Nilufar Fayzullayeva maktabda o‘qiyotgan 4 nafar o‘quvchi onasi!

Иллюстрация: fb.com/Raisbuva.uz