Yangi epidemiya boshlanish arfasidami?

Yevropa va Shimoliy Amerikaning bir qator mamlakatlarida odamlarning maymunchechak bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

Ayni vaqtchaga OAVlari tarqatgan xabarlar:

– Odamga yuqqan infeksiyaning birinchi holatlari Italiyada (bemor yaqinda Kanar orollaridan qaytgan) va Shvetsiyada qayd etilgan.

– Kanadada o‘ndan ziyod holatlar mavjud, ammo tashxis hali laboratoriya tekshiruvlari bilan rasman tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, yuqtirganlarda kasallikning barcha belgilari namoyon bo‘lmoqda.

– Fransiyada ham birinchi shubhalar paydo bo‘lgan. Ular ham test natijalarini kutishmoqda.

– Kasallik asosan Afrikaning markazi va g‘arbiy qismidagi tropik o‘rmonlar yaqinida joylashgan chekka hududlarda uchragan. Virus hayvonlardan odamlarga yuqqan.

– Maymunchechak epidemiyasi uchun o‘lim darajasi 10% dan oshmaydi.

– Afrikadan tashqarida birinchi epidemiya 2003 yil bahorida AQSHning G‘arbiy qismida sodir bo‘lganligi maʼlum qilindi.

– “Rospotrebnadzor” bergan maʼlumotiga ko‘ra, virus Rossiya kuzatilmagan. Mamlakatda chegarada sanitariya-karantin nazorati kuchaytirilgan bo‘lib, infeksiyalarni tezkor aniqlash uchun test tizimi yaratilgan.

Bu o‘zi qanday virus?

Maymunchechak kam uchraydigan yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya va ekzantema bilan tavsiflanadi. Qo‘zg‘atuvchisi poksviruslar oilasiga mansub virusdir. U birinchi marta 1958 yilda kasal maymunlardan ajratilib o‘rganilgan. U tuzilishi va xossalari bo‘yicha inson chechak virusiga o‘xshaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, maymunchechak virusi antigenik jihatdan qaraganda variola virusiga ko‘proq o‘xshaydi. Tovuq embrionlarining qobig‘ida yaxshi o‘sadi va ko‘payadi.