O‘zbek Monopolistlari, Oligarxlari, Deputat va Lobbistlari haqida (2-qism).
Deputat Doniyor G‘aniyev yuqoridagi yetim loyiha haqida yozmoqda:
“…Loyiha kirganiga bir oy bo‘ldi. Byudjet bilan birga qabul qilinishi kerak edi. Lidep fraksiyasi loyihani qo‘llab, 2-o‘qishga maʼqullab bergandi. Lekin negadir kun tartibidan “tushib qoldi”.
Avvalambor, Doniyor G‘aniyevga ochiqlik va aniqlashtiruvchi munosabat uchun rahmat. Ayting, ayting, bunaqa pozitsiyalar ixtiyoriy-majburiy ravishda quvilish bilan yakunlanmasin.
Endi tasavvur qilishingiz uchun aytaman. Agar qaysidir o‘g‘ri oligarx yoki parazit monopolist (yangi O‘zbekiston shularning tomorqasiga aylanib qoldi) manfaatlari bilan bog‘liq qonun loyihasi bo‘lganida hukumatning butun sostavi Qonunchilik palatasiga kelib yotib olishgan bo‘lardi. Toki uch o‘qish yakunlanmagunicha Qo‘mitalardan vazirlar, fraksiya kabinetlaridan zam vazirlar chiqishmasdi.
Esingizdadir, majlisda Uzauto motors yoki O‘zavto vakillarining o‘zi yo‘q, ko‘ndalang qo‘yib, kelishmagan, hatto onlayn ulanishni lozim topishmagan. Lekin hukumatning butun sostavi parazit monopolistga 226 mlrd.so‘m ajratish masalasini jon jahdi bilan himoya qildi. Mana, ishonmasangiz, qaytadan ko‘ring.
Isteʼmol krediti hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar va xizmatlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan bo‘lishiga oid cheklovlarni olib tashlash masalasi esa yetim masala, yetim qonun. Yetim xalqning yetim qonuni. Hukumatning bironta vakili kelib himoya qilishni lozim ham topmagan. Bu birinchi sabab.
Ikkinchi sabab, buniyam ehtimoli juda katta, O‘zbekistonning so‘rib yotgan o‘g‘ri oligarxiya va parazit monopolistlar bitta qo‘ng‘iroq bilan shunchaki masalani paysalga solib turishni so‘ragan bo‘lishlari ham mumkin. Buning uchun baʼzida qo‘ng‘iroq ham shartmas, profil qo‘mitaga yoki qaysidir fraksiyaga bittagina sms ham kifoya.
Orzudagi O‘zbekistonda o‘g‘ri oligarxlar, agar xalqdan o‘margan bor mol-mulkini xalqqa topshirmasa, qamoqda o‘tiradi, parazit monopolistlarning kuni trillionlab shtraf to‘lash bilan o‘tadi. Lekin ungacha hali juda uzoq. Ungacha xalq yetim. Uning xohishlari ham.