O‘zbekistonda Ramazon Hayiti qachon nishonlanadi?

Anʼanaga ko‘ra, Ramazon hayiti sanasi Musulmonlar idorasi tomonidan bayram arafasida eʼlon qilinadi va Prezident o‘zining maxsus farmoni bilan bayramni dam olish kuni deb eʼlon qiladi.

Odatda muqaddas Ramazon oyi 30 kun davom etadi, biroq baʼzi yillarda musulmon qamariy taqvimi va yangi oyning chiqishiga qarab Ramazon 29 kun davom etishi mumkin.

2023 yilda muqaddas oy 23 martdan boshlandi. Odatiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 21 aprel ro‘zaning oxirgi 30-kuni, 22 aprel esa Ramazon hayiti kuni hisoblanadi.

2023 yil 14 mart kuni Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Naurizboy Taganuli Markaziy osiyo davlatlari muftiylari, fatvo sohasiga masʼul olimlar bilan maslahatlashib, ilmiy tadqiqot natijalarini inobatga olgan holda Ramazon sanasi bo‘yicha mushtarak qarorga kelganini maʼlum qildi.

“Bu yil Ramazon oyi 23 martda boshlanadi. 17 apreldan 18 aprelga o‘tar kechasi Qadr kechasi. 21 aprel – Ramazon bayrami”, – dedi Qozog‘iston muftiysi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaror mamlakat musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilinadi. Ularning qarori asosida prezident mamlakatda bayram tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli qarorni imzolaydi.

Qo‘shni davlatlarda Ramazon Hayiti qachon nishonlanadi

Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi Ramazon hayiti joriy yilning 21 apreliga to‘g‘ri kelishini maʼlum qildi. Qirg‘iziston va Turkmanistonda uni nishonlashning rasmiy sanasi hozircha eʼlon qilinmagan. Tojikiston Islom markazi Ulamolar kengashiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil Ramazon oyi 29 kun davom etadi. Xabarlarga ko‘ra, mamlakatda Ramazon hayiti 21 aprel kuni nishonlanishi mumkin. Aniq sana 18 aprel kuni eʼlon qilinadi.

Rossiya musulmonlari diniy idorasi muftiylar kengashi qaroriga ko‘ra, Ramazon hayiti joriy yilning 21 aprel kuni nishonlanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi hali Ramazon oyining sanasini rasman eʼlon qilmagan.