2000-yili Toshkent Moliya institutini bakalavr va 2002-yilda magistraturasini tamomlagan. Aniq, lo’nda va keskin, o‘yindan tashqari fikrlar egasi. the_bakiroo telegram kanali muallifi, iqtisodchi/bloger.
Oqibatlar bilan kurashish yashirin iqtisodiyotni qisqartirmaydi.
Soliq qo‘mitasining P2P-o‘tkazmalarini nazoratga olish va maʼlumotlarni jamlash harakatlari amaldagi qonunchilik normalarini ochiqchasiga poymol qilishi, shuningdek qanday oqibatlar yaratishi haqida batafsil maqola bilan tanishing. Erinmang. O‘qing. Uqing.
“Bank siri to‘g‘risida”gi qonunga asosan, banklar mijozlarining operatsiyalariga doir maʼlumotlar bank siri deb hisoblanadi. Qonunning 11-moddasiga binoan, bank sirlari soliq organlariga bank mijoziga soliq solish masalalariga taalluqli hollarda taqdim etilishi belgilangan. Yaʼni, soliq solish masalasiga taalluqli bo‘lmagan holatlarda soliq organlariga mijozning operatsiyalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etishga qonun yo‘l qo‘ymaydi.
“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga asosan, to‘lov tashkilotlari mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi, uchinchi shaxslarga oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Faqat “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno.
1 maydan eʼtiboran banklarning mobil ilovalari va to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan barcha P2P o‘tkazmalar haqidagi maʼlumotlar soliq organlarida jamlanishini qonunlarga zid, deb hisoblash mumkin.
