Kamoliddin Rabbimov 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi aspiranturasida oʻqigan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy tadqiqotchi, 2001—2004-yillar „Ijtimoiy fikr“ sotsiologik tadqiqotlar markazida ilmiy tadqiqotchi, 2004—2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 2007—2021-yillarda Fransiyada yashagan.
“Betaraflikdan” maqsad – urushga tortishlariga imkon bermaslik. Lekin, bu befarqlik emas. Bu urushda kimni yutishi va yutqazishi, juda katta oqibatlarga olib keladi.
Tarix uchun 31 yil, juda qisqa muddat. O‘tmishda, katta imperiyalar ming martalab o‘zlariga yaqin hudud va xalqlarni qayta va qayta mustamlaka qilishgan. Kelajakda hech narsa kafolatlangan emas. Hattoki, globallashuv va informatsion texnologiyalar ham siyosiy erkinliklarni, axborot erkinligini to‘liq kafolatlamaydi. Texnologiyalar kimni qo‘lida bo‘lsa, yoki qudratli davlatlar, yoki ko‘pchilik qay maqsadda global insoniyatni boshqarsa – milliardlab insonlar ham shu tomonga ketadi.
Mana Ukrainada urush boshlanganiga bir yildan oshdi. Insoniyat ko‘nikib qoldi. Ertaga uchinchi jahon urushi boshlansa – bunga ham ko‘nikamiz. Taktik yadro quroli ishlatilsa, bir oy o‘tib, bunga ham ko‘nikamiz. Xalqlarning, millatlarning, davlatlarning erkinligi va farovonligi ham, xuddi shunday… Sekin oshib boradi, yoki sekin so‘nib, qo‘ldan ketib boradi.
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillik, suverenitet, hududiy yaxlitlik kabi masalalarda “betaraf” bo‘lishi mumkin emas. Bugun, postsovet hududida, aynan mana shu qoida va qadriyatlarga urush eʼlon qilindi. “Kim kuchli bo‘lsa – shu haq” deyildi. Menimcha, biz – o‘zbekistonliklar, markaziy osiyoliklar, turkistonliklar – shu asrda, hali ko‘p marta mustaqilligimiz uchun kurashamiz. asosiysi, davlat va jamiyat o‘rtasida, ichki plyuralizm va tashqi birlik, birdamlik va yakdillik bo‘lsa – haqiqat mustaqil bo‘lib qolamiz.
