Zaryadlash shoxobchalari yo‘qligi sababli Toshkentdagi ayrim elektrobuslar reyslarga chiqmayapti. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasidan maʼlum qilishlaricha, ayni paytda Toshkentda 58 ta elektr quvvatlantirish stansiyasi ishlamoqda, yana 80tasi tez orada foydalanishga topshiriladi.
20 aprel kuni Toshkentdagi yo‘nalishlarga katta va katta sig‘imli 169 ta Yutong elektrobuslari (Xitoy) va yangi avtobuslar chiqa boshladi. Biroq, so‘nggi haftada maʼlum bo‘lishicha, barcha avtobuslar reyslarga chiqmayapti, kechqurun esa ular soni yana-da kamayadi. Bu haqda yaqinda “ko dnu” telegram-kanalida eʼlon qilindi.
Maʼlumotlariga ko‘ra, avtobazalarda quvvat olish shoxobchalari yo‘qligi sababli ular joylashgan joyda elektrobuslar navbatlari hosil bo‘lmoqda.
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi dushanba kuni zaryadlash stansiyalari yo‘qligini tan oldi va O‘zbekiston Prezidentining fevral oyida poytaxtga 1000ta avtobus va elektrobuslar sotib olish ko‘zda tutilgan qaroriga muvofiq, mart oyidan boshlab elektr quvvati bilan taʼminlash uchun dastur amalga oshirilganini maʼlum qildi.
Bugungi kunda 8-avtoparkda atigi 30ta, 7-avtoparkda 28ta zaryadlash stansiyasi mavjud. Elektr avtobusini to‘liq zaryadlash taxminan 4-5 soat davom etadi. Barcha avtoturargohlar hududida quvvatlash shoxobchalari qurilmoqda. 1-parkda jami 22ta, 4da 20, 7da 28, 8da 30, 18da 18, 5-parkda 20ta stansiya o‘rnatish rejalashtirilgan.
“Tez kunlarda avtobus parklari hududida 80ta zaryadlash stansiyasi foydalanishga topshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning yuqorida qayd etilgan qaroriga ko‘ra, May oyiga qadar uzunligi 12 metr bo‘lgan 700 ta katta sig‘imli avtobuslar, jumladan, 200ta katta sig‘imli 18 metrli bo‘g‘inli avtobuslar (garmoshka), shuningdek, 300ta 12 metrli elektrobuslar kelishi kerak edi. Mashinalarning umumiy qiymati 210 million dollarni tashkil qiladi.