525 million dona ko‘chat qani? “Yashil makon” yashil kupyuralarga aylandimi?

Butun O‘zbekiston va poytaxt Toshkentni fantastik filmlardagi kabi chang bo‘ronlari qoplagan vaqtda tvitterda “Yashil makon” dasturining borishiga, natijalariga, ijrochilarning ishiga huquqiy baho berish so‘ralmoqda. Albatta, bu to‘g‘ri talab. Lekin bu talab tvitterda emas, parlamentda, matbuotda, televideniyeda yangrashi kerak. Hukumatdan, vazirlardan, hokimlardan havoga sovurilgan har bir so‘m uchun, quritilgan har bir ko‘chat uchun hisobot va javobgarlik talab qilinishi darkor. Axir so‘roq vaqti kelgandir?

Quyidagi iqtiboslar esa so‘roq va hisobotga eslatma uchun:

“2021 yil noyabrda “Yashil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qilinib, 200 mln. tup daraxt ko‘chati ekish…”

“2022 yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln. dona daraxt ko‘chatlarini ekish…”

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022 yil 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi va 75 million dona ko‘chat…”

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023 yilning bahor mavsumida respublikamiz hududlarida jami 125 mln. dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt, buta ko‘chatlari….”

Kimdur javob beradimi?