Toshkent shahar hokimligi ertaga 26 mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishini eʼlon qildi.
Mazkur axborot nafaqat isitish mavsumi yakunlanayotganlgi, balki yangi oshirilgan tariflar kuchga kirayotganligini ham anglatadi.
Demak, Toshkent shahar kengashining 2024 yil 13 fevraldagi qarori va “Veolia Energy Tashkent” MCHJ xabarnomasi talablariga ko‘ra, yangi tariflar 2023-2024 yil isitish mavsumi rasmiy yakunlangan kundan bir kun o‘tib kuchga kiradi.
27 martdan boshlab,
1 kv.m. isitiladigan maydon uchun 163 so‘m, schetchik bo‘yicha 1 m kub issiq suv uchun 6 028 so‘m haq to‘lash kerak bo‘ladi.
Qarzdorligingiz bo‘lsa, bugun va ertaga eski tariflarda to‘lab qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi.