O‘zbekistondagi avtomobillarni quvvatlash stansiyalari ham tarmoqdan uzilmoqdami?

O‘zbekistondagi elektromobillarni quvvatlash uchun o‘rnatilgan stansiyalarni o‘chirib qo‘yish boshlangan.

Kun.uz bu bo‘yicha qator murojaatlarni jamlagan.

“Men yaqinda BYD olgandim, o‘zim Sergelida yashayman. Qish boshlanganidan keyin mashinamni zaryadlash muammo bo‘lyapti. Atrofimizdagi stansiyalar ishlamayapti. Spectre, Megawatt, Tok Bor firmalarini ham o‘chirilgan. Joy egalaridan so‘rasam, sababini bilmaymiz deyishyapti. Bilasiz, gaz hozir muammo, benzin qimmat, shu sababdan elektromobil sotib olgandim. Endi buyam muammo bo‘lsa, odamlar nima qilsin?”.

“Hududiy elektr taʼminotidan kelishib, hech qanday sababsiz stansiyalarimizni o‘chirib tashlashyapti. Nima sababdan o‘chiryapsan, bu transformator qonuniy yoqilgan, deyapmiz. Ular esa “tepadan shunday buyruq bo‘ldi” deyishyapti. Boshqa hech qanday gap yo‘q. Raqobatchi kompaniyalar bilan ham xuddi shunday bo‘lyapti, bitta bizda emas.

Odamlardan murojaatlar ham ko‘payib ketdi. Ular 5-6 soatlab navbatda turganini aytyapti. Mijozlarimiz 6-7 km yo‘l bosib borishganida, stansiya o‘chiqligiga guvoh bo‘lyapti. Instagram, Telegram profillarimizning izoh qismida bu bo‘yicha ko‘plab izohlar qoldirilgan.

Bizni o‘chirish bo‘yicha ogohlantirishayotgani ham yo‘q, keyin bilyapmiz. “RES”ga borganimizdan keyin bu narsalar chiqib kelyapti. Ularga hujjatlarimizni taqdim etganimizdan keyin ham kutinglar deyishyapti. Mana shunaqa vaziyat. Oldin umuman bunaqa bo‘lmagan”.

Hech qanday huquqiy asossiz zaryadlash stansiyalarini tarmoqda uzayotgan tiyiqsiz shonli energetiklarni jamoaviy tarzda sudga berish payti kelgandir balki?

Energetika vazirligi elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha hech qanday topshiriq bermaganini maʼlum qilmoqda.

Avvalgi qismlarda:

Otabek Bakirov