2000-yili Toshkent Moliya institutini bakalavr va 2002-yilda magistraturasini tamomlagan. Aniq, lo’nda va keskin, o‘yindan tashqari fikrlar egasi. the_bakiroo telegram kanali muallifi, iqtisodchi/bloger.
Yaqin sharq mamlakatlaridan begona bo‘lmagan investor 8 mln. abonenti bor o‘zbek uyali aloqa kompaniyasini 50 mln. dollarga sotib olish bo‘yicha muzokaralarga kirishgani aytilmoqda.
Qozoqlar o‘tgan hafta 6 mln. abonenti bor Tele2‘ni 1 mlrd. dollarga sotishdi. Yaʼni, Qozog‘istonning Tele2 brendi ostida ishlovchi, bizning Ucell, Beeline va Mobiuz‘dan kamroq abonentlarga ega uyali aloqa kompaniyasi Qatarning “Power International Holding” kompaniyasiga 1 mlrd. AQSH dollariga sotilgan. Bu shunchaki O‘zbekistondagi va Qozog‘istondagi xususiylashtirish keyslarini, maʼno-mazmuni va maqsadlarini solishtirishingiz uchun.
Biz butun dunyo korrupsiya tarixiga kirgan va O‘zbekiston soliq to‘lovchilarining 215 mln. dollar puliga qaytarilgan binafsharang kompaniyamizni to‘rt yil oldin tekinga ulush qilib topshirgandik. Endi navbat bunisiga.
Xudo bergan va O‘zbekiston xalqining zakovati, mehnati, to‘lagan soliqlari hisobiga o‘n yillar davomida yaratilgan eng qimmat aktivlarimizni suv tekinga topshirish bu milliy sportimizga aylangan bo‘lsa kerak.
