Qirg’izistonda inqilob boshlandimi? Odamlar nimadan norozi? Ushbu noroziliklarni Belorussiya bilan taqqoslash mumkinmi? Asosiy savollarga qisqacha javoblar

4-oktyabr kuni Qirg’izistonda parlament saylovlari bo’lib o’tdi –  rasmiy natijalarga ko’ra, prezident Sooronbay Jeenbekov va boshqa nufuzli amaldorlar oilasiga yaqin partiyalar g’alaba qozondi.

5-oktyabr kuni muxolifat tarafdorlari ko’chalarga chiqishdi –  xavfsizlik kuchlari ularni tarqatishga urindilar.

6-oktyabrga o’tar kechasi muxolifat bir qancha ma’muriy binolarni, jumladan Oq uyni egallab oldi. Natijada, MSK saylov natijalarini bekor qildi, Bosh vazir Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi, ammo amaldagi prezident hokimiyatdan voz kechmadi. Meduza nashri siyosatshunos va mintaqaviy ekspert Arkadiy Dubnovdan Qirg’izistonda bo’layotgan voqealar haqidagi asosiy savollarga javob berishni so’radi.

Arkadiy Dubnov foto:Denis Kaminev / RTVI

– Ushbu noroziliklar kutilganmidi? So’nggi paytlarda Qirg’izistonda nimalar sodir bo’ldi?

– Shaxsan men uchun Bishkekdagi vaziyat kutilmagan voqea bo’ldi. [Ammo] Qirg’izistondagi holat tezda o’zgarib bormoqda. Har safar hokimiyat va ularga qarshi bo’lganlar bir xil xatoga yo‘l qo’yishadi, natijada qonli to’qnashuvlar yuz beradi, ularning yakuni esa to’ntarish bo’lishi mumkin. Ushbu “xato” – bu mamlakatda bo’layotgan voqealar mohiyatini tushunmaslik, voqealar rivojini bir qadam oldinda tahlil va bashorat qilishning iloji yo’qligidir. Qirg’izistonda sodir bo’layotgan har bir holat faqat ichki siyosatchilar va hokimiyat vakillari tufayli sodir bo’lmoqda. Bu yerda Moskvaning ham, Pekinning ham ta’siri yo’q.

Amaldagi prezident [Sooronbay Jeenbekov] Qirg’izistonning beshinchi prezidenti. Bilasizmi, Qirg’izistonda prezidentning hokimiyat tepasiga kelishi respublikadagi yana bir paradigma o’zgarishi bilan bog’liqdir va u asosan [tog ‘tizmasi bilan] ikki qismga bo‘lingan: janub va shimolga. [Hokimiyat] janub va shimolning vakillaridan tashkil topgan – Qirg’izistonda bu haqda gapirishni yoqtirmaydilar, lekin buni tushunadilar. Amaldagi prezident janubiy klan vakili hisoblanadi.

Jeenbekov mamlakatni atigi uch yildan buyon boshqarmoqda. Mamlakat juda qashshoq, yangi sarmoyalar olish va qarzlarni to’lash uchun imkoniyati yo’q – Bishkek chuqur qarz botqog’ida, eng avvalo Xitoyga qarzdor. Ayniqsa, pandemiyaga duch kelganidan keyin mamlakat juda qiyin ahvolda. Bunda Covid katta rol o’ynadi: Qirg’iziston – ichki siyosiy tartibsizliklar Covidga qarshi kurash oqibatlari bilan bog’liq bo’lgan mamlakatlardan biri.

– Nega saylov natijalari namoyishchilar g’azablantirdi?

– Natijalari shiddatli shov-shuvga sabab bo’lgan joriy parlament saylovlari Jeenbekov prezidentligi davrida birinchisi edi. U ancha mutanosib siyosatchi sifatida ba’zi siyosiy partiyalardan teng uzoqliligini e’lon qilib, ovozlarning adolatli hisoblanishini ta’minlay olinishiga umid qildi. Ammo, afsuski, negadir ukasi [Asilbek Jeenbekov] boshchiligidagi partiya saylovchilar tomonidan prezident va hukumatga yaqin sifatida qabul qilinishini hisobga olmadi. Yakunda shunday bo’lib chiqdi – partiya prezidentdan rasmiy ravishda ajralib turishiga qaramay, muhim ma’muriy resurslardan foydalandi.

Ikkinchi partiya mamlakatdagi taniqli arbob – bojxona xizmati rahbarining sobiq o’rinbosari Raim Matraimov boshqaruvida edi. Hech kimga sir emaski, u o’zining ulkan boyligini mamlakat chegaralaridagi korrupsiya sxemalari tufayli qo’lga kiritgan. U nafaqat sudlanmagan, bundan tashqari, unga partiya tuzish imkoniyati berildi. U esa mamlakat me’yorlari bo’yicha katta miqdordagi pul tufayli yuz minglab ovozlarni sotib olishga muvaffaq bo’ldi. Odamlar ulardan olgan oz miqdordagi mablag’ qarzlarining bir qismini yoki kommunal xizmatlar uchun to’lash uchun yetarli edi. Lekin, qashshoq mamlakatda siyosiy javobgarlik g’oyasi ma’lum sabablarga ko’ra [xalqdan] uzoq bo‘lib qolaveradi.

Ushbu ikki partiya maksimal ovoz to’pladi. Agar saylovlar bo‘lib o’tgan deb hisoblanganida, janubiy klan parlamentdagi mutlaq ko’pchilik o‘ringa egalik qilishi aqiq bo‘lgandi. Bu esa o‘z o‘rnida parlament ostonasidan o’tmagan siyosiy kuchlarni g’azablantirdi va ular odamlarni ko’chalarga chiqishga undadilar. Ma’muriy resurslardan foydalanish, korrupsioner amaldorlarning saylovga qo‘shilishi nimaga olib kelishini noto‘g’ri baholash va rahbarlarining mas’uliyatsiz xatti-harakatlari oxir oqibat norozilik kayfiyati va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

– Siz bu vaziyatni inqilob yoki to’ntarish deb hisoblaysizmi?

– Kecha sodir voqealarni yakunlanmagan to’ntarish deb nomlash mumkin. Muammo shundaki, namoyishchilarda umumiy fikrni bildiradigan siyosiy rahbar yo’q. Bugungi kunda ismlari hech narsani anglatmaydigan yoshlar partiya etakchilariga aylanmoqda – bo‘lib o‘tgan voqealarda ularning mas’uliyati va tajribasi ham rol o’ynadi.

Agar amaldagi prezident o‘z lavozimidan chetlatilsa, bu voqealarni davlat to’ntarishini deb hisoblash mumkin edi. [Hozir] amaldagi hokimiyat ko’cha bosimida, xavfsizlik kuchlari odamlar tomoniga o’tishdan oldin olomonning sobiq prezident, bosh vazir va deputatlarni qamoqdan ozod qilish istagi oldida ojiz bo’lib qoldi. Albatta, bu yerda davlat to’ntarishining elementlari mavjud, lekin prezident ayni paytda hokimiyatdan voz kechgani yo’q.

– Ko’pchilik bo’layotgan voqealarni Belorussiyadagi norozilik namoyishlari bilan taqqoslamoqda. Bu adolatlimi?

– Fikrimcha, Qirg’iziston va Belorussiyadagi norozilik namoyishlarini taqqoslash to‘g’ri emas. Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning “Ukraina Rossiya emas” kitobi bor edi. Shuning uchun aytamoqchimanki: Qirg’iziston Belorussiya emas. Xalqlar butunlay boshqacha.

Qirg’izistondagi saylovoldi tashviqoti doirasida mamlakatdagi u yoki bu siyosiy partiya vakillarini otda yurishini mumkin. U erda odatdagidek tuyuladi, chunki qirg’izlar bolalikdan ot minishni o’rganishadi. Agar bunday yurish Belorussiya o’rmonlarida bo’lib o’tsa, hamma mamlakatdagi vaziyatni qo’llarida qamchilar bilan o’zgartirmoqchi bo’lgan chet elliklar keldi, deb qaror qiladi. Qirg’izlar boshqacha temperamentga ega. Bu mamlakatda o’zaro munosabatlarni, shu jumladan siyosiy munosabatlarni aniqlashtirish erkaklar zimmasida. Belorussiyada norozilik namoyishlari tinchroq kechmoqda.

– Prezident vaziyatni to’g’irlashi mumkinmi yoki ketishi kerakmi?

– Agar prezident o’z atrofidagilarning sa’y-harakatlari bilan kuch tuzilmalarini birlashtirishga muvaffaq bo’lsa, buning imkoniyati mavjud. Ammo biz chuqur inqiroz holatini kuzatmoqdamiz. Hozir mamlakatdagi voqealar ustidan nazoratni sobiq rahbarlar, xavfsizlik xodimlari, taniqli siyosatchilar qo’lga olishga urinmoqdalar. Ulardan ba’zilari vakolatli. Lekin rasmiylarni ular bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ko’rmayapman.

Ma’lum bir muvozanatni tiklash uchun yana bir urinish bor – O’murbek Babanov kabi sobiq bosh vazir tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtirish kengashini tashkil etish. Ammo hozircha men vaziyatni barqarorlashtirish uchun prezidentning ular bilan bog’lanish harakatini kuzatmayapman. U haqiqiy kuchni yo’qotishdan va klan balansini uning zarariga o’zgartirishdan qo’rqayotgani ko’rinib turibdi.

Jeenbekovning voqealar rivojini boshqarish qobiliyatiga jiddiy putur yetkazildi. Demak, u hozir ketishi kerakmi? Men bunga shubha bilan qaramoqdaman, chunki aks holda bu tartibsizliklarga olib keladi, qolaversa mamlakatda boshqa qonuniy kuch tuzilmalari bo’lmasa vaziyat ustidan nazoratni to’liq yo’qotiladi: parlament yo’q, hukumat uyushmagan. Prezident nima bo’lganini e’tiborga olishi va mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi, xatolarni tuzatishga urinishi – unga qarshi bo’lganlar va norozi bo’lganlar bilan murosaga kelishi kerak.

Ani Ovannisyan suhbatlashdi