Televideniyega bo‘lgan ishonch 2020 yilda yanada pasaydi

Gap shundaki, Deloitte kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Rossiyaliklarning televizorda berilayotgan ko‘rsatuvlarga nisbatan bo‘lgan ishonchi pasayib borayotgani aniqlangan.

Deloitte kompaniyasi tomonidan 2020 yildagi tadqiqotlar natijasini 2019 yilda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslaganda tomoshabinlarning ishonchi 5 foizga pastlaganini bilish mumkin. So‘rovnomada ishtirok etganlar rossiyaliklarning aksariyati (55%) Internetga ishonadi: 39% yangiliklar va rasmiy saytlarni, 16% ijtimoiy tarmoqlar va bloglarni afzal ko‘rishmoqda. Afsuski,  radio va gazetalarga 3% bo‘lsa, jurnallarga esa 1% ishonch bildirilgan.

Televideniyega eng kam ishonch bildirganlar moskvaliklar  (20%) boshqa millionlab aholiga ega shaharlar (21%) ishonadilar. Talabalar orasida atigi 15% televizorni ishonchli maʼlumot manbai deb eʼtirof etgan bo‘lsa, Shimoliy Kavkaz aholisi ko‘proq ishonishlarini aytishgan (28%).

Yoshlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 55-59 yoshdagilar (32%), 65 yoshdan katta nafaqaxo‘rlar (36%), shuningdek, harbiy va davlat xizmatchilari ham yuqori ko‘rsatkichda ishonch bildirganlar (36%).