Qirg‘izistonning prezidentlik lavozimiga nomzodlar soni 50 kishidan oshib ketdi

Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Talant Mamitov mamlakat aholisiga videomurojaat qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Jo‘qorg‘i Kenges Spikeri “odamlarning tinch hayoti va mamlakat yaxlitligini himoya qilish uchun hamma narsani qilishga” vaʼda berdi. Quyida davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan Mamitovning Qirg‘iziston xalqiga murojaatining to‘liq matni keltirilgan.

“Hurmatli vatandoshlar! Bizning xalqimiz ko‘plab sinovlarni boshdan kechirgan, erkinlik va adolatni qadrlagan holda, qisqa vaqt ichida 5-6 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklardan keyingi keskin siyosiy inqirozni tinchlik bilan yengib, birligini mustahkamladi. Ayni paytda Qirg‘izistonda siyosiy va ijtimoiy barqarorlik saqlanib qolmoqda. Huquq-tartibot idoralari, sudlar, hukumat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari odatdagidek ishlamoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha qatʼiy qadamlar qo‘yilmoqda. Kichik va o‘rta biznesni himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar kuchaytirildi. Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun profilaktika choralari ko‘rilmoqda.

Qirg‘iziston yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga tayyor. Barcha xalqaro majburiyatlar, avvalgi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar va bitimlar to‘liq bajarilmoqda.

Xalqning talabiga binoan konstitutsiyaviy islohot tayyorlanmoqda. Asosiy vazifa – 2021 yil 10 yanvarga belgilangan ochiq va qonuniy prezident saylovlarini o‘tkazish. Barcha nomzodlarga teng sharoit yaratib, xalq xohish-irodasini erkin ifoda etishini taʼminlash zarur.

Davlat rahbarining vazifalarini o‘z zimmamga olsam, men xalq va davlat oldidagi shaxsiy javobgarlikni his qilaman. Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida o‘zimning konstitutsiyaviy huquqlarim doirasida xalqning tinch hayoti va mamlakat yaxlitligini himoya qilish uchun hamma narsani bajaraman. Ishonchim komilki, vijdonli fuqarolar mening harakatlarimni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. To‘siqlar va qiyinchiliklarni yengishda barcha fuqarolarni hissasini qo‘shishga chaqiraman. Biz o‘z vazifamizni vijdonan bajaramiz deb to‘liq ishonaman “, – dedi Talant Mamitov.

Avvalroq, shu vaqtgacha davlat rahbari bo‘lib ishlagan Qirg‘iziston Bosh vaziri Sadir Japarov o‘z lavozimidan isteʼfoga chiqqan edi. Shuningdek, u kelgusi yilning 10 yanvarida mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun MSKga hujjatlarni taqdim etdi. Komissiya maʼlumotlariga ko‘ra, eng yuqori lavozimga nomzodlar soni allaqachon 50 kishidan oshib ketgan.