Xalq qabulxonalari: natijalar qanday?

(beshinchi qism)

 Toshkent shahri tumanlarida tashkil etilgan ommaviy qabullar haftaligi boshlanganligi to‘g‘risida axborot berildi. Tahririyatga kelib tushgan maʼlumotga qaralsa, “Qizg‘in kechgan uchrashuvlarda aholini o‘ylantirayotgan masalalarni har bir tuman va soha kesimida yana bir bor nazardan o‘tkazish, ularga joyida yechim topish, muammolarni har tomonlama tahlil qilish asnosida kelgusi yillar dastur va rejalari uchun takliflar ishlab chiqish bosh maqsadni tashkil etdi.”deyilgan.

Qator murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilgach, muammolarni hal qilish uchun amaliy ishlar boshlab yuborilishi oqibatida Sergeli tumani “O‘zgarish” mahallasidagi 29-uydagi liftning yaroqlilik muddati tugaganligi uchun yangi liftga alishtirilgani, huddi shunday, Yashnobod tumanidagi “Tuzel” va “Xosiyatli” mahallasidagi 9 qavatli uylarning ham lifti yangisiga o‘zgartilgani bo‘yicha alohida axborot berilgan, yana shu tumandagi “ENG katta” muammo sifatida “Nodirabegim” mahallasidagi 44 ta xonadon egalarining ichimlik suvi quvurlarining bosimi pastligidan qiynalib kelayotganligi sababli yangi quvurlar o‘tkazilib berilgani bo‘ldi.

Sergili va Yashnabod tumanilarida eski lift va quvurlarning bosimi pastligidan boshqa lokal kamchiliklardan boshqa muammolari yo‘qligidan mamnunmiz. Respublikamizning boshqa hududlarida to‘liq ishlamasada ammo, Poytatimizda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi ishlashi qonunchiligimizda ham ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, yuqoridagi vazifalar ularning zimmasidadur (vaqtingiz bo‘lganda tanishib chiqish uchun havola)

Buyog‘ida yana-da qiziqarli yordamlar ko‘rsatilgan Olmazor tumanidan F.Tugushova  masʼullardan baxtsiz hodisaga uchrab, chap son suyagi singan o‘g‘lini davolatishda amaliy yordam so‘ragan, “masʼullar”ning o‘rganishlari davomida bu oila chindan ham ijtimoiy himoyaga muhtojligi ayon bo‘lgan, ularga respublika shifoxonasida bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun yo‘llanma ajratiladigan bo‘lgan. Hududlarda berilayotgan mana shunday yo‘llanmalarga ko‘z yumib kelayotgandik. Poytaxtda ham shunday ekan, aslida poliklinikalar zimmasidagi vazifalarni ham ommaviy qabullar orqali hal etilish tizimi joriy bo‘lgan sheklli!

Yana bitta juda katta missiya amalga oshirilgan bo‘lib, Olmazorlik Sh.Sobirovaning kasbi – hamshira, biroq uning doimiy ishi yo‘q edi, shu masalaga yechim izlab ommaviy qabulga kelganligi bois, muammosi hal qilindi, u tumandagi oilaviy poliklinikaga ishga joylashtirildi.

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, “Xuddi shunday muloqotlar poytaxtimizning qolgan tumanlarida ham o‘tkazilgan.”

Toshkent shahri tumanlarida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda jami 2 mingdan ziyod murojaatlar qabul qilinib, ularning deyarli 800 tasi joyida ijobiy hal etildi, 350 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 880 dan ziyodi ijro qaratilib, nazoratga olingan.   

Ommaviy qabullar bo‘yicha jamoatchilikka maʼlumotlar tayyorlayotganda aholi orasida haqiqatga yaqin muammolar va ularni yechimini topishda tashkilotlarning harakatlar real ko‘rsatib berilsa, tadbirlarni maqsadli o‘tkazilayotgani to‘g‘risida ijobiy taassurotlar uyg‘onarmidi. Buyog‘iga saylov yaqin bo‘lsa… yana ham maʼlumot tayyorlovchilar biladi!