Turkmaniston diniy erkinlik buzilishi bo‘yicha birinchilar safida

Diniy erkinlik buzilishi bo‘yicha AQSh Davlat departamentining bayonotida Turkmaniston xavotirli mamlakatlar o‘ntaligiga kiradi deyilgan.

“Qo‘shma Shtatlar 1998 yilgi Xalqaro diniy erkinliklar to‘g‘risidagi qonun taʼriflariga binoan, Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Nigeriya, KXDR, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmanistonni alohida tashvish uyg‘otadigan  yoki “diniy erkinlikni muntazam, doimiy ravishda, qo‘pol ravishda buzish”dan aziyat chekayotgan mamlakatlar deb qaraydi, – dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.

Komor orollari, Kuba, Nikaragua va Rossiya hukumatlari esa “diniy erkinlik jiddiy ravishda buzilgan” davlatlar sifatida “kuzatuvchi davlatlar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Sudan va O‘zbekiston “o‘tgan yili hukumatlar tomonidan erishilgan muhim yutuqlari” asosida maxsus “kuzatiluvchi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir yil oldin Davlat departamenti fuqarolarning din erkinligini doimiy ravishda qo‘pol ravishda buzayotganligi sababli Turkmanistonni alohida tashvishga soladigan mamlakatlar qatoriga kiritgan edi.