Saylovga sotib olingan ruchka uchun hokimlik tushuntirish berdi

Qozog‘istonda hokimlar saylovlari bo‘lib o‘tishi tufayli davlat byudjetidan turli to‘lovlar ajratilayotgani ko‘plab faol fuqarolaring tanqidlariga uchramoqda. Misol uchun “Ost-Kamenogorsk hokimligi 4 million tenge evaziga 237 ming dona qalam sotib olishi bo‘yicha tushuntirish berdi. Unga ko‘ra: Shahar hokimining devoni qariyb 237 ming dona oddiy sharikli ruchka sotib olish uchun 4 million tangadan (24,97uzb. so‘mga to‘g‘ri keladi 11.12.2020y.) sal oshiqroq mablag‘ evaziga tender eʼlon qilgan. Bitta oddiy sharikli ruchkaning narxi 17 tengega to‘g‘ri kelgan.”

Bu tahminan bizning pulga 425 so‘mga to‘g‘ri keladi. Hokimlik tushuntirishda davom etib “Markaziy saylov komissiyasining tavsiyasiga binoan har bir potensial saylovchi uchun, sharikli ruchka sotib oldik. Epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, hech kim foydalanmagan ruchkadan foydalanishini xisobga oldik deyilgan.”

Umuman olganda to‘g‘ri tushuntirish biroq, Ust-Kamenogorsk aholisi taxminan 236 ming kishini tashkil etar ekan!

Mana shu sonlar mosligi aholini eʼtirozlariga sabab bo‘lgan. Ijtimoy tarmoqlardagi izohlarda “bu saylovga beshikdagi chaqaloqlar ham chiqar ekanda” deyilgan pichinglar yozilgan. Yana izohlardan parcha “shuncha ruchkani utilizatsiyasi qanday kechar ekan?”

Qozoq qo‘shnilarimiz bitta ruchkaga shuncha dod-voy solishmoqda bizdagidek talon-tarojlikliklar bo‘lsa nima qilishar ekan a?

Andijon shahar xalq talimi bo‘limida 33, 8 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Andijon shahar xalq taʼlimi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning noyabr oyida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida Andijon shahar xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan ish haqi to‘lovlari bo‘yicha shubhali xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan.

Ushbu aniqlangan shubhali xarajatlar yuzasidan xalq taʼlimi bo‘limining 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o‘tkazilganda, xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd so‘m naqd pullar xalq taʼlimi bo‘limining masʼul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.

Berilgan rasmiy maʼlumotga ko‘ra, Andijon shahar xalq taʼlim bo‘limida o‘zlashtirilgan 33,8 milliard so‘m mablag‘lar  davriylig‘i bo‘yicha sobiq mudira Sunbula Eraliyevaning rahbarligi paytiga to‘g‘ri kelayapti.

3 mln 700 ming AQSh dollariga nechta orolda DilniShod etib  quvlashmachoq o‘ynasa bo‘larkin?